Yetti iqlim

Yetti iqlim — qadimgi O`rta Osiyo, Eron va Yunoniston fanida Yer yuzini tabiati, aholisi va boyliklariga qarab qismlarga bo`lish usuli. Yetti iqlim hozirgi «tabiat zonasi» tushunchasiga birmuncha to`g`ri keladi. Yerning aholi yashaydigan qismi — ma’mura yoki rub’i maskun, ya’ni sharqiy yarim sharning shimoliy pallasi (u vaqtda g`arbiy yarim shar hali noma’lum edi) 7 iqlimga — zonaga bo`lingan. Birinchi iqlim ekvatog` atroflarini o`z ichiga olgan, ikkinchi, uchinchi va boshqa iqlimlar ekvatordan shimolga tomon almashinib borgan. Bir iqlim bilan ikkinchi iqlimdagi eng uzun kunlar yarim soatdan farq qilgan. O`rta Osiyo 4- va 5-iqlimlarga to`g`ri kelgan. «Farg`ona viloyati beshinchi iqlimdandir. Ma`muraning kanorasida boqi bo`libtur” («Boburnoma”dan).