Yetti urug’

Yetti urug’-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik urug’lar guruhi. Asosan Zarafshon daryosining o’rta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Yetti urug’ oytamg’ali, qo’shtamg’ali, sirg’ali, qamchili, juvonli, samanotli, cho’michli kabi urug’lardan iborat bo’lgan. Yetti urug’ tarkibidagi bu urug’ nomlari o’zbeklarning boshqa yirik qabilalari tarkibida ham uchraydi. Masalan: oytamg’ali urug’ qo’ng’irot, do’rmon, qurama qabilalarida, qo’shtamg’ali urug’i esa nayman yuz, qo’ng’irot qabilalari tarkibida ham bo’lgan. Yetti urug’ bugungi kunda o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan.