DIPLOMATIK VAKILLIK

DIPLOMATIK VAKILLIK — davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan Diplomatik vakillik – elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan Diplomatik vakillik – missiya deb ataladi. Diplomatik vakillik XVI-XVIII asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Diplomatik vakillik elchi ayirboshlagan davlatda o’z davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti to’g’risida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yo’l qo’ygan doirada ma‘lumotlar to’playdi, har ikkala davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, o’z davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qo’riqlaydi. Diplomatik vakillik faoliyatiga rahbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega.