DEPORTATSIYA
DEPORTATSIYA (lot. deportatio – badarg’a, surgun qilish) — jinoiy yoki ma‘muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. «Deportatsiya» termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga ko’ra, XVIII-XIX asrlarda qo’llanilgan surgunning alohida ko’rinishlarini anglatgan. Deportatsiyadan retsidivist jinoyatchilar bilan birga jamiyat uchun nomunosib kishilarni jazolashda foydalanilgan. Ko’pincha u yo bu davlatga g’ayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar Deportatsiya qilinadi. 1920-1940 – yillardagi ommaviy qatag’onlar davrida sobiq Ittifoqning ko’p xalqlari Deportatsiyaga duchor bo’lgan edi.
O‘xshash so‘zlar
- DEPORTATSIYA
- DEPOZITAR DAVLAT
- DEPOZITARIY
- DEPRESSIYA
- DEPUTAT
- DEPUTAT MAQOMI
- DEPUTAT SO’ROVI
- DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI





