DEPOZITARIY
DEPOZITARIY (lot. depositum – saqlash uchun berilgan narsa) — depozitlar ishonib topshirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Depozitariy fond bozoridagi kimmatli qog’ozlar (aksiya, veksel, sertifikat va boshqalar)ni joylashtirish, saqlash va hisobga olish, muomala harakatlarini qayd etish bilan bog’liq ishlarni amalga oshiriladi (aksiyadorlik jamiyatlariga, brokerlik idoralariga, investitsiya fondlari va boshqalarga xizmat ko’rsatadi).