RESTITUTSIYA

RESTITUTSIYA (lot. restitution — tiklash) — urushayotgan davlat tomonidan dushman hududidan noqonuniy ravishda tortib olingan, bosib olingan yoki olib chiqib ketilgan mulkni qaytarib berish. Restitutsiya tartibi tinchlik ahdi yoki xalqaro huquq normalari asosida tartibga solinadi.