REVALVATSIYA

REVALVATSIYA (re… va lot. valeo – qadr-qimmatga egaman) — 1) milliy valyuta – pul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyuta pul birliklariga nisbatan rasmiy oshirish. Inflyatsiya bartaraf etilganidan keyin ichki pul muomalasini barqarorlashtirish usullaridan biri. Iqtisodiyotga devalvatsiya nisbatan aksincha ta‘sir ko’rsatadi. Muayyan bir mamlakat valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan ko’tarish eksport qilinayotgan tovarlarning chet el valyutasidagi narxini oshiradi va bu bilan xalqaro bozorda mamlakatning raqobat qilish qobiliyatini pasaytiradi, tovarlar eksportiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Revalvatsiyani o’tkazayotgan mamlakat uchun Revalvatsiya chet el valyutasini arzonroq sotib olish imkoniyatini yaratadi, bu esa tovarlar importyorlari va kapital eksportyorlari manfaatlariga muvofiq keladi.