GENERAL

GENERAL (lot. generalis – umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, XVI asrda Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada XVII asrning 2-yarmidan ma’lum. O’zbekiston qurolli kuchlarida General-mayor, General-leytenant, General-polkovnik, armiya Generali kabi Generallik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qo’shin turlarida Generallik unvoniga (armiya Generalidan tashqari) tegishli qo’shin nomi qo’shib ataladi (masalan, artilleriya General-mayori).