GENERALISSIMUS

GENERALISSIMUS (lot. generalissimus – eng oliy) — ba’zi mamlakatlar qurolli kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 10.01.1569-yil Fransiyada joriy etilgan. Rossiyada Generalissimus unvon sifatida Pyotr I tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov (1717), A. V. Suvorov (1799) va boshqalar shu unvonga sazovor bo’lishgan. Sobiq Ittifoqda Generalissimus Unvoni 1940-yil ta’sis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. XX asrda Ispaniyada F. Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim Ir Sen va boshqalarning Generalissimus unvoni bo’lgan.