GEOGRAFIK DETERMENIZM

GEOGRAFIK DETERMENIZM — ijtimoiy hayot va siyosiy rivojlanish jaroyonlarini mamlakat yoki hududning tabiiy shart-sharoitlari (yer landshafti-tuprog’i, iqlimi, relefi, yer osti zaxiralari, shuningdek, daryo, ko’l, dengiz, okeanlar va boshqalar) va geografik joylashuvining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq ekanligini izohlab beruvchi konsepsiyadir. U qadim zamonlarda shakllangan bo’lib insoniyat jamiyati va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, bog’liqlikni turli ko’rinishlarda tasvirlaydi.