IUDAIZM

IUDAIZM, yahudiylik — asosan, yahudiylar o‗rtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Falastin xalqparining ayrim e‘tiqodlarini o’zida mujassamlashtirgan. Iudalizm nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega e‘tiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar o’rtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning payg’ambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va do’zaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning rag’batlantirilishiga ishonish Iudalizmning asosiy aqidalaridir.