MENEJER

MENEJER (ing. manager – boshqaruvchi) — 1) korxona va kompaniya egalari bo’lmagan, maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassis yollanma boshqaruvchi; 2) rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabi rahbar xodimi; 3) obligatsiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o’tkazish bilan shug’ullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruhdari ishtirokchisi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Menejer xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil bo’lib qoladi.