PARLAMENT SESSIYASI

PARLAMENT SESSIYASI (lot. sessio – yig’ilish) — parlament (parlament palatalari) va parlament komissiyalarining yalpi majlisi bo’lib o’tadigan davr. Har bir yil mobaynida navbatdagi Parlament sessiyasining necha marta bo’lishi qonun yoki odat bo’yicha belgilanadi. Ko’rsatilgan sondan ortiqcha hamda noodatiy vaqtda chaqiriladigan Parlament sessiyalari favqulodda (navbatdan tashqari, ekstraordinar) sessiyalar deb ataladi. O’zbekiston Respublikasida Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o’tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, yiliga kamida uch marta o’tkaziladi.