Parlament

Parlament (Fransuzcha parler – gapirmoq) — demokratik davlatlarda oliy vakillik va Qonunchilik organining nomi. Parlament 1-marta 13-asrda Angliyada tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari turli mamlakatlarda turlicha ataladi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada, Belgiya va boshqa davlatlarda Parlament; AQSh va Lotin Amerika»! ning aksariyat mamlakatlarida Kongress, Rossiya Federatsiyasida — Federal Majlis, Litva, Latviya, Polshada — Seym va hokazolar. O’zbekistonda esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida – Parlament bir palatali va ikki palatali tizim shaklida bo’ladi. Parlamentni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo’lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilab qo’yiladi.