SOTSIAL-DEMOKRATIYA

SOTSIAL-DEMOKRATIYA (lot. socialis – ijtimoiy, grek. demos — xalq va kratos — hokimiyat) — hozirgi zamonning eng ko’p tarqalgan va mafkuralaridan biri. Bu mafkura XIX asrning oxirida nemis mutafakkirlari va jamoat arboblari K.Kautskiy va E.Bernshteyn tomonidan asoslab berildi. Sotsial-demokratiya mafkurasi ijtimoiy mohiyatiga ko’ra islohotchi oqimdir. Unga binoan sotsializmga sinfiy kurash orqali, inqilobiy yo’l bilan emas, balki tinch, evolyutsion yo’l bilan — burjua jamiyatni asta sekin isloh qilish bilan o’tiladi. Sotsial — demokratlar bu ko’rsatmalarni amalga oshirishni davlatning jamiyat iqtisodiy hayotiga faol aralashishni, daromadlarni yo’qsillar foydasiga qayta taqsimlash, iqtisodiyotning davlat sektorini va ko’plab davlat ijtimoiy dasturlarini rivojlantirish bilan bog’laydilar. Mazmuni — demokratik sotsializmga islohotlar yordamida asta-sekin o’tish. Belgilari: kundalik va pirovard maqsadlarning insoniyligi, ijtimoiy kollektivizm. Asosiy g’oyalari: har qanday diktaturaga yo’l qo’ymaslik; demokratik parlamentarizmga sodiqlik; siyosiy plyuralizm va konsensusga asoslanish; tinch demokratik vositalar ustunligi; iqtisodning davlat tamonidan tartibga sorlinishi va bozor mexanizmlarini rivojlantirish; mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalash. Sotsialdemokratiya hozirgi zamonning eng ko‗p tarqalgan ta‘sirchan mafkuralaridan biri hisoblanadi. U ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo’li bilan jamiyatni sotsialistik asosda qayta ko’rishni va xalqning farovonligiga erishishni ko’zda tutadi.