SURGUN

SURGUN — jinoiy jazo turi; mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun majburiy ravishda ko’chirish. Sobiq sho’rolar davrida Surgun qilish inson huquqlarini poymol etishning o’ziga xos usullaridan biri bo’lgan. Surgun asosiy jazo sifatida ham, qo’shimcha jazo sifatida ham 2 yildan 5 yilgacha bo’lgan muddatga tayinlanishi mumkin edi. Mehnatga layoqatli mahkum Surgun muddatini, albatta, mehnat qilish bilan birga o’tagan. Qatag’onlar davrida qanchadan qancha begunoh odamlar, siyosat, fan, madaniyat arboblari sovuq yurtlarga ―xalq dushmani degan tamg’a bilan Surgun qilingan. Repressiyaga uchrab, Surgun qilingan minglab yurtdoshlarimiz O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi sharofati bilan, Prezidentning sa‘y harakatlari tufayli oqlandi.