SIYOSIY PSIXOLOGIYA

SIYOSIY PSIXOLOGIYA — jamiyat siyosiy hayotidagi ruhiyat bilan bog’liq jihatlarini (kayfiyat, fikr, hissiyot, qadriyatlar va h.k.) o’rganuvchi sohasi. Ular millatlar, sinflar, ijtimoiy guruhlar, hukumatlar, shaxslar siyosiy ongi darajasida shakllanadi va muayyan siyosiy faoliyatda namoyon bo’ladi. Siyosiy psixologiya — politologiya va psixologiya fanlari chegarasida shakllangan va amal qiluvchi zamonaviy integrativ fan yo’nalishlaridan biri. U o’z tabiatiga ko’ra siyosiy voqelikni emotsional va hissiy tarzda idrok etadigan siyosiy ong shaklidir. Siyosiy psixologiya siyosatni hissiy va emotsional tarzda aks ettirib siyosiy ongning o’ziga xos ―amaliy darajasi sifatida maydonga chiqadi. U siyosiy voqelikni aks ettirish xususiyatlariga ko’ra siyosiy mafkuradan farq qiladi.