VARAQA
VARAQA — ijtimoiy-siyosiy tashviqot vositalaridan biri. Varaqalar dastlab qo’lda yozilgan, keyinchalik bosma usulidan foydalanib tayyorlangan. Ular muayyan bir maqsadni ko’zlab chiqarilgan. Masalan, II jahon urushi yillarida fashizmga qarshi targ’ibotda Varaqa keng qo’llangan. Keyingi yillarda Varaqadan saylov oldi tadbirlarida, bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama sifatida foydalaniladi. Varaqalar odamlar gavjum joylarda — metro va boshqa shahar transporti bekatlarida, bozorlarda tarqatiladi. Gazeta va jurnallar, radio, televideniya va boshqa axborot vositalari keng ommalashganligi bois ijtimoiy-siyosiy maqsaddagi Varaqalarga ehtiyoj tobora kamaymoqda.