Yevroosiyo
Yevroosiyo-Yer sharidagi eng katta materik. Ikki qit’adan – Yevropa va Osiyodan iborat. Quruqlikning yaxlitligi, ko’pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy-tarixiy hodisalarning o’xshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom bilan atash zaruratini keltirib chiqardi. 1883 yilda E.Zyusso tomonidan geologiya va geografiyaga kiritilgan. “Yevroosiyo” tushunchasi ma’qul keldi va shu davrdan boshlab hozirgacha keng qo’llanilib kelinmoqda. Yevroosiyo eng qadimiy madaniyat maskanidir. Yevroosiyo geografik joylashishi, iqlimi, tabiatining o’xshashligi, morfologiyasi, gektonikasi hamda bir-biriga yaqinligi jihatidan quyidagi rayonlarga bo’linadi: 1. Atlantika bo’yi o’lkalari. 2. Shimoliy Yevroosiyo. 3. Tog’-orolli Arktika. 4. Baland Sibir va Mo’g’uliston. 5. Ichki Yevroosiyo. 6. Sharqiy Osiyo. 7. Janubiy Osiyo. 8. O’rta dengizning Yevropa sohili. 9. Old-Osiyo yassi tog’liklari va Kavkaz. 10. Janubi-G’arbiy Osiyo.