Mangloy

Mangloy-qo’shinning ilg’or qismi. Asosan harbiy yurish vaqtida tuzilgan. Mangloy o’n va so’l qismlardan iborat bo’lib, uning old va orqa tarafida maxsus chanohlari (qo’riqchi qismlari) turgan. Undan keyin markaziy qism hamda o’ng va so’l qanotlar saf tortib borgan. Mangloyga shahzodalar yoki tadbirkor amirlar boshchilik qilgan.