Mahalla
Mahalla-shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik. XX asrning 20-yillariga qadar mahallar 50-60 xonadondan tashkil topgan bo’lib, shaharlarda daha tarkibiga kirgan. Mahalla hay’atiga saylab qo’yiladigan ellikboshi rahbarlik qilgan. Ellikboshi mahallalardagi uy-joylarning oldi-sotdisi, to’y-ma’raka marosimlarini uyushtirish va o’tkazish, hasharlar uyushtirish, mahalladagi nizolaarni bartaraf etish ishiga boshchilik qilgan. Har bir mahallaning o’z choyxonasi bo’lib, u mahallaning ijtimoiy-madaniy markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda ham mahallalar O’zbekistonning barcha shahar va qishloqlarida saqlanib kelmoqda.