Otel

Otel (Frans. hotel) — mehmonxonaning xalqaro nomi. Dastlab, 16-17-asrlar Frantsiyadagi katta hashamatli uylar Otel deyilgan. Keyinchalik shularga taqlidan qurila boshlagan shahar mehmonxonalari Otel nomini olgan.