Otgon I

Otgon I (Otto) (912-973) – german qiroli (936 y.dan), «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (962 yildan); Saksoniya sulolasidan. Shimoliy va O’rta Italiyani zabt etib, imperiyaga asos solgan. Gersoglarni tobe etib, episkop hamda abbatlarga suyangan holda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Lex jangida (955) vengerlarni mag’lubiyatga uchratib, ularni g’arbga qilgan hujumlarini to’xtatgan.