Ulamo

Ulamo-Islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari, shuningdek diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, o’quv yurtlariga mutasaddi bo’lgan barcha musulmon dindorlari ulamolar deb yuritilgan. Ulamo so’zi faqat din sohasidagi bilimdon kishilarga nisbatan ishlatilgan va ishlatilmoqda. Dunyoviy fanlar bo’yicha bilimdonlarga nisbatan esa olim iborasi qo’llaniladi.