Ulufa

Ulufa-O’rta Osiyoda harbiy qo’shin va lashkar ixtiyoridagi ot-ulov uchun aholidan to’planadigan natural soliq. Jangchilarga beriladigan maosh ham ulufa deb atalgan. Ulufa atamasi tarixiy manbalarda XII asrdan ma’lum.