Ushr

Ushr-musulmon mamlakatlarida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig’i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan. Dastlabki davrlarda sayidlar, yirik musulmon dindorlari, shuningdek ayrim amirlar hamda “islom lashkarlariga o’z ixtiyori bilan taslim bo’lgan” hududlar xalqidan undirilgan. Ushr olingan yer-suv “Mulki ushriya” deb atalgan.