ANAPLAZMOZ
ANAPLAZMOZ — qoramol va qo’y-echkilarda uchraydigan surunkali kasallik. Anaplazmozni hayvon qonida parazitlik qiladigan Anaplasma marginale (qoramollarda), Anaplazmoz ovis (qo’y-echkilarda) mikrobi qo’zg’atadi. Anaplazmoz qonni mikroskopda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Hayvon kasallikka yoz va kuz boshida ko’proq chalinadi. Kasallikni qon so’ruvchi so’na va kanalar tarqatadi. Kasallangan hayvon immunitet hosil qiladi va uzoq vaqt anaplazma manbai bo’lib qoladi (qoramollar 14, qo’ylar 5 yilga qadar). Anaplazmoz anpgibiotiklar (tetrasiklin), shuningdek delalgil (qoramolga), V12 vitamini bilan davolanadi, oson hazm bo’ladigan ozuqa, mikroelementlar, ko’p suv beriladi.