Avlos
Avlos (yunoncha avlos-karnay)-yunon puflama sozi. Rimda (tibiya nomida) va O’rta yer dengizi havzasi mamlakatlarida tarqalgan, tsilindirsimon shakldagi 3-4 teshikli ikkita (qo’sh) naychadan iborat bo’lgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, ba’zilari suriluvchan halqa bilan berkitilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan. Antik fojiada, qurbonlik marosimi, harbiy musiqa (sparga)da ishlatilgan. Avlos jo’rnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan. O’zbek sozlaridan qo’shnayga o’xshab ketadi.