AVLOS

AVLOS (Yunoncha avlos) — yunon puflama sozi. Rimda (tibiya nomida) va O’rta dengiz havzasi mamlakatlarida tarqalgan, tsilindrsimon shakldagi 3-4 teshikli ikkita (qo’sh) naychadan iborat bo’lgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, ba’zilari suriluvchan halqa bilan bekitilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan. Umumiy diapazoni taxminan birinchi oktava «re»dan — uchinchi oktava «re»gacha. Yakkanavoz ijrochilik (avletika)da sozanda (Avlet) bir vaqtda ikki Avlosdan foydalangan. Antik fojiada, qurbonlik marosimi, harbiy musiqa (Sparga) da ishlatilgan. Avlos jo’rnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan. O’zbek sozlaridan qo’shnayga o’xshab ketadi.