Avunkulat
Avunkulat (lotincha avunculus-tog’a)-ibtidoiy jamiyatda tog’a va jiyanlar o’rtasidagi qavm-qarindoshlik munosabatlari. Patriarxat davrida farzandlarning ona urug’i bilan qarindoshlik aloqalari saqlangan. Avunkulatga binoan, tog’a o’z jiyanining eng yaqin himoyachisi, jiyanlar esa o’z tog’asining yordamchilari hisoblangan. Jiyan tog’asining mulkiga voris bo’lishi yoki o’z mulkini unga meros qoldirishi mumkin edi. Tog’a jiyanini uylantirish yoki erga berishda muhim rol o’ynagan. Avunkulatning ayrim ko’rinishlari bizgacha yetib kelgan. O’zbekistonning ba’zi joylarida (qipchoq-o’zbeklarda) shunday holler uchraydi.