Allod

Allod (nemischa Allod, frankcha alodis so’zidan al-to’liq, od-mulk)-german qabilalari va G’arbiy Yevropaning ilk feodal davlatlarida erkin istifoda etilgan shaxsiy-oilaviy yer maydoni. Sali haqiqati, “Qirol Xillerik edikti”da Allodning huquqiy masalalari keng yoritilgan. Feodal munosabatlarning rivojlanishi bilan mayda Allodlarning aksariyati qaram mulklarga, o’rta va yirik yer egalari Allodlari esa benefitsiy va feodga aylantirilgan. Allod yer egaligi qoldiqlari rivojlangan o’rta asrlarda ham saqlangan.