Alimentatsiya
Alimentatsiya (lotincha alimentum — oziq-ovqat, boqish so’zidan)-Qadimgi Rimda kam ta’minlangan oilalar va yetim-yesirlarga davlat yordami tizimi; mayda va o’rta mulkdorlarning davlat olgan qarzlari foizidan hosil qilingan. Imperator Nerva (96-98) tomonidan joriy etilib, III asr o’rtalariga qadar mavjud bo’lgan. 18 yoshgacha o’g’il bolalarga oylik to’lov 16 sestertsiy, 14 yoshgacha qizlarga 12 sestertsiyni tashkil etgan. Dastlab Alimentatsiya fondlari faqat Italiyada faoliyat yuritgan, keyinchalik provintsiyalardagi shaharlarning munitsipal idoralari tomonidan ham tuzila boshlagan. Shuningdek, badavlat kishilarning xayr-ehsoni hisobidan mablag’ bilan to’ldirilgan shaxsiy Alimentatsiya fondlari ham faoliyat olib borgan.