ANDALUZIT

ANDALUZIT (Ispaniyaning Andalusiya viloyati nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Al2Si05. Qattiqligi 7— 7,5. Sof og’irligi 3,1 — 3,2. Shishasimon yaltiroq, o’tga chidamli. Oq, kulrang shaffof, pushti-qizil, qo’ng’iryashil rangli kristallari va ularning agregatlari metamorfik jinslarda uchraydi. Andaluzit chinnisozlik, alyuminiy, elektrometallurgiya sanoatida o’tga chidamli material sifatida ishlatiladi. Zabaykaleda, O’zbekistonda Zirabuloq Ziyovuddin va Nurota tog’larida keng tarqalgan.