AVDERRAYTING
AVDERRAYTING (inglizcha underwriting) -1) qimmatbaho qog’ozlarni ochiq obuna bo’yicha vositachilar orqali tarqatish. Odatda vositachilik vazifasini investisiya banklari yoki kompaniyalari bajaradi. Qimmatbaho qog’ozlar katta miqdorda chiqarilgan paytda bunday kompaniyalar o’zaro birlashib emissiya sindikata tuzadilar. Agar qimmatbaho qog’oz xususiy joylashtiriladigan bo’lsa, investorlar o’rtasida joylashtirish masalalari bilan emmitentning o’zi shug’ullanadi; 2) aktsiyalarga obuna bo’lish; 3) ko’chmas mulk, ko’char mulk va tijorat operasiyalarini sug’urta uchun qabul qilish.