Vandalizm

Vandalizm (germanlarning vandal qabilasi nomidan)-moddiy-madaniy boyliklarni xarob etish, yo’q qilish. Atamaning paydo bo’lishi Buyuk fransuz inqilobi davriga borib taqaladi. Hozirgi ma’nosida so’z ilk bor 1794 yili General shtatlar konventsiyasi a’zosi Anri greguar tomonidan ishlatilgan. XIX asrda Vandalizm istilohi san’at asarlari, me’morchilik yodgorliklari va hokazolarni bemaqsad vayron etish degan qat’iy ma’noga ega bo’ldi. Vandalizmga misollar: Gerostrat tomonidan miloddan avvalgi 357 yili Artemida ma’badiga o’q qo’yilishi; episkop va inkvizitor Diyego de Landa tomonidan 1562 yili mayalar qo’lyozmalarining yo’q qilinishi va hokazolar.