Dahyak

Dahyak (forscha-o’ndan bir)-1) Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa mullavachchalariga beriladigan qismi. Davlat yerlariga qo’shib olingan vaqf yerlaridan ham Dahyak ajratilgan. Bunday yerlar “vaqfi Dahyak”, Dahyak oluvchi talabalar dahyakchilar deyilgan. Dahyak olish uchun madrasa talabalari arab tili va shariat qoidalaridan imtihon topshirishlari lozim bo’lgan. Dahyakning 2 karrasi du-Dahyak yerlari deb atalgan; 2) Xiva xonligida soliq turi. Dahyak chig’ir bilan sug’oriladigan yerlarda hosilning 1/10, ariq bilan sug’oriladigan yerlarda 1/5 qismini tashkil qilardi. Soliq solishdagi bu tafovut chig’ir qurish va dalaga chig’ir bilan suv chiqarishning qiyinchiligiga bog’liq bo’lgan.