Luidor

Luidor (fransuzcha lui d’or-ayni ma’nosi oltin Lui)-fransuz oltin tangasi. 1640-1795 yillarda zarb etilgan. Ilk bor 1640 yili Lyudovik XIII tomonidan chiqarilib, uning sharafiga shunday atalgan. Luidor sof oltindan so’qilgan, vazni 6,751 gramm, diametric 26 millimetr bo’lgan. Keyinchalik tanganing vazni va diametric bir necha bor o’zgargan. Luidorlar Buyuk frantsuz inqilobigacha va o’nlik tizim joriy qilingung qadar zarb etilgan. 1795 yili Fransiyaning asosiy pul birligi frank bo’lib qoldi. 1803 yili Luidor o’rniga napoleondor zarb etish yo’lga qo’yildi.