Lyan, Tael
Lyan, Tael (xitoycha)-Xitoyning pul va og’irlik birligi. Og’irlik birligi sifatida miloddan avvalgi III asrdan qo’llaniladi. XIV-XIX asrlarda Lyan, asosan, pul birligi, 10 mao, 100 fineyga teng bo’lgan.
Batafsil o‘qish

Lyan, Tael (xitoycha)-Xitoyning pul va og’irlik birligi. Og’irlik birligi sifatida miloddan avvalgi III asrdan qo’llaniladi. XIV-XIX asrlarda Lyan, asosan, pul birligi, 10 mao, 100 fineyga teng bo’lgan.
Batafsil o‘qishLyutnya (polshacha lutniya, arabcha al-ul-ayni ma’nosi xushbo’y daraxt)-torli tirnama musiqa cholg’usi. Kosaxonasi katta, dastasi kalta va keng, quloqlar joylash uchi qayrilgan. 6-11 ichak tori, 4 (XVI asrdan boshlab 11) pardasi … Batafsil
Batafsil o‘qishLyunet, Lyunetta (fransuzcha lunette)-me’morchilikda-gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. Lyunet xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, ba’zan naqsh va haykallar bilan bezatiladi.
Batafsil o‘qishLyumpen-proletarian (nemischa Lumpen-juldur)-aholining sinfsizlashgan qatlamlari (daydilar, qashshoqlar, jinoyatchi unsurlar va hokazolar). Atama K.Marks tomonidan muomalaga kiritilgan.
Batafsil o‘qishLyugger (inglizcha lugger, fransuzcha lougre)-ikki, ba’zida uch machtali yelkanli kema. Lyuggerlar vatani Bretan hisoblanadi. 1760 yili fransuz harbiy flotiga kiritilgan. Juda tezkorligi bilan ajralib turgan. Bizan-machtasi rul chambaragi oldida joylashgan.
Batafsil o‘qishLey-gun-qadimgi xitoy mifologiyasida momaqaldiroq xudosi.
Batafsil o‘qishLur (shvedcha norvegiyacha lur, qadimgi norvegiyacha luur)-mamont tishi shaklidagi puflama bronza musiqa asbobi. Bronza davri oxiri (miloddan avvalgi XII-VI asrlar)da Skandinaviyada keng tarqalgan. Uzunligi 1,5 metdan 2 metrgacha bo’lgan. Diniy … Batafsil
Batafsil o‘qishLuna-qadimgi rimliklarning tungi yog’du xudosi. Keyinchalik Luna kulti Diana tomonidan siqib chiqarilgan.
Batafsil o‘qishLuperkaliya (lotincha Lupercalia)-Qadimgi Rimda poda homiysi bo’lgan Favna (Lupern uning laqablaridan biri) sharafiga uyushtirilgan bayram. Har yili 15 fevralda o’tkazilgan.
Batafsil o‘qishLukumonlar (lotincha Lucumo, etruskcha Lauchme)-etrusklar jamiyatida jangchi-kohinlarning imtiyozli qatlami. Aholining boshqa tabaqalari ularga bo’ysungan.
Batafsil o‘qish