Mujtahid
Mujtahid (arabcha-intiluvchi, g’ayrat qiluvchi)-o’rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan, ya’ni mustaqil ravishda diniy-aqidaviy va huquqiy masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara biladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschisi, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar Mujtahidlar deb ataladi.