Muzeyshunoslik, Muzeologiya
Muzeyshunoslik, Muzeologiya (yunoncha museion-muzalarga bag’ishlangan joy, muzalar ibodatxonasi so’zidan)-muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini o’rganadigan fan tarmog’i. Muzeyshunoslik tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosligi, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doir barcha o’ziga xos tomonlarni o’rganuvchi ilmiy metodika kiradi.