Muxolafat, Muxolifat
Muxolafat, Muxolifat (arabcha-teskarilashish, kelishmovchilik)-rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yo’l tutib faoliyat yuritish. Muxolafatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyat hisoblanadi. Muxolafat bo’lishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish bo’yicha o’z dasturiga, o’z “komanda”siga, o’z faoliyatining g’oyaviy, mafkuraviy asosiga ega bo’lish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; o’z dasturini mafkuraviy yo’llar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; o’z elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega bo’lish, ular manfaatini ko’zlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak bo’lgan vazifalarni yechish uchun alternative (muqobil) yo’llarni taklif etib, uning to’g’riligini amalda isbotlashga harakat qilish.