Xeops
Xeops (Yunoncha Cheops), Xufu (misrcha) — Misr fir’avni (miloddan avvalgi 27-asr boshi). Xeops davriga oid yilnomaning qoldiklari, shuningdek, Xeopsning Magxara vodiysi (Sinay yarim orolidagi mis va Feruza konlari yaqinida joylashgan)da badaviylar ustidan qozongan g’alabasi aks etgan qoyatoshga o’yib ishlangan rasm saqdanib qolgan. Xeops ismi Nubiyaning shimolda, Abu Simbaldan shimoli G’arbdagi diorit tosh konlarida aniqlangan. Gerodot ehromlar bunyod etishning qad. misrcha an’anasini bayon qilar ekan, Xeopsni Misrga kulfat keltirgan, xalqni o’zi uchun ishlashga majbur etgan mustabid hukmdor sifatida tasvirlaydi. Gizadagi Xeops ehromi — Misr ehromlari orasida eng katta bo’lib, balandligi 146,6 metrni tashkil etadi.