Ooforit
Ooforit (lotincha oophoron — tuxumdon) — tuxumdonning yallig’lanishi. Turli infektsiyalardan, ko’pincha abort va tuqqandan so’ng kuzatiladi. Faqat tuxumdonning yallig’lanishi deyarli uchramaydi, u ko’pincha fallopiy nayining yallig’lanishi — salpingit bilan birga uchraydi.