Operator

Operator (lotincha operatio — harakat) — 1) matematikada — ikki to’plam X va Y elementlarining o’zaro mos kelishi, ya’ni X ning x elementiga Y ning biror u elementi mos kelishini ifodalaydigan matematik tushuncha. Kvant nazariyasida Operator — matematik ifoda. vj/ holat (yoki to’lqin funktsiya vektorining u, holat (funktsiya) vektoriga solishtirish uchun xizmat qiladi. Kvant mexanikada Operator bilan muhim amallar bajariladi. Operatorni qo’shish, ko’paytirish, darajaga ko’tarish, ulardan qatorlar tuzish mumkin; 2) hisoblash texnikasida — raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da axborotlarni qayta ishlashda biron bir tugal amalni berish uchun programmalash (dastur tuzish) ko’rsatmasi; 3) texnikada — murakkab qurilmani (masalan, EHM ni, kompyuterni), radiolokasion stansiyani, burg’ilash qudug’ining ishini boshqarib turadigan mutaxassis; 4) kinotexnikada — kinofilmlarni suratga oluvchi, televizion eshittirishlarni uzatuvchi, apparatda ishlovchi mutaxassis — kinooperator, teleoperator.