Jalolov Bahodir Fazliddinovich

Jalolov Bahodir Fazliddinovich (1948.27.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (1992), O’zbekiston (1997) va Qirg’iziston (1998) Baakad. I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutini tugatgan (1974). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida o’qituvchi (1974-80); 1997 yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida mahobatli rangtasvir ustaxonasi rahbari, professor (2000). O’zbekiston rassomlari uyushmasi boshqaruvi raisi (1987-92). Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Portretlarida kishilarning kasbi haqida tasavvur beruvchi holatlar aks ettirilgan, ijodiy mehnat jarayoni, chuqur psixologik holat mahorat b-n ko’rsatilgan («me’mor», 1972; «masxaraboz Akrom Yusupov», 1974; «Avtoportret», 1975; «Kulol ayol. Xalq ustasi Hamro Rahimova», 1975; «soniya va mangulik. O’rol Tansiqboyev xotirasiga», 1977; «Porloqerta. Rassom Sh. Abdurashidov xotirasi», 1980; «tiklash. Xalq ustasi Muhiddin Rahimov», 1980). 70-yillarning oxiri — 80-yillarning boshlaridan mahobatli rassomlik sohasida samarali ijod qiladi: qarshi musiqali drama teatri binosiga, «Chimyon» sanatoriysi oshxonasi foyesiga (1981), Toshkentdagi Kinochilar uyiga (1982) ishlagan devoriy rasmlari rassomni betinim izlanayotgan, o’ziga xos uslub yaratgan rassom sifatida tanitdi. «Bahor» kontsert zali foyesiga ishlangan «raqsning tug’ilishi» (1982), Qashqadaryo viloyati Tallimarjon nasos stantsiyasi klubi devoriga (1983), Qo’qon teatri foyelariga (1987), Tojikistonning Xo’jand shahridagi maktab binosiga (1988), Belgiyaning Kortreyk shahridagi «Kortreyk 200» (1990), Toshkentdagi Turkiston saroyiga («Umar Xayyom tushlari», 1993) va boshqalarga ishlangan devoriy rasmlar, manzaralar («isfarada bahor», «tog’qishlog’i. So’qmoq», «Eski Gurzuf ko’chasi» va boshqalar), kitoblarga yaratilgan illyustrasiyalar (Navoiy, T. Tula, U. Nosir va boshqa asarlari), dastgoh kartinalari («Afg’oniston — 83», «Afg’oniston tongi» va boshqalar) muallifidir. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1991).