Juvayn

Juvayn — Xurosondagi Nishopur bilan Bistom shaharlari oralig’ida joylashgan qadimgi nohiya. Janubda Bayxaq, shimolda Jojarm nohiyalari bilan chegaradosh. Markazi Ozodvor shahri. Yoqut Hamaviy Juvaynda 189 qishloq bo’lib, ular bir-biriga juda yaqin ekanligini yozadi. Mashhur faqih, muhaddis, mufassir va muarrixlardan Abulma’oliy Ziyovuddin Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy va boshqalar. Juvaynda yashab ijod etgan.