Jenkinson Antoniy

Jenkinson Antoniy (7-1611) — ingliz sayyohi; savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan, 1557-72 yillarda Rossiyaga 4 marta kelgan. Jenkinson Angliya bilan Rossiya o’rtasida ittifoq shartnomasi tuzilgudek bo’lsa, inglizlarni savdo-sotiqda monopol huquqqa ega bo’lishiga, Ivan I uning roziligini olishga erishgan (1567-69). Angliya shartnomani imzolashdan voz kechgan, Ivan IV bu imtiyozlarni bekor qilgan (1570). Jenkinson 1558-59, 1562-64 yillarda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va O’rta Osiyoga elchilik sayohati qilgan. Uning maqsadi O’rta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yo’lini ochish bo’lgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. Jenkinson elchiligi 21 oy (1558 yil apreldan 1559 yil 2 sentabrgacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. Jenkinson bu elchilik sayohati haqida «Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat» nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. U Xitoyga olib boradigan yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’plagan. U Saroychiq, Xorazmdagi vazir va Urganch shaharlari haqida qimmatli ma’lumotlarni keltirgan. Jenkinson Amudaryo, Mang’it ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining 16- asr o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va boshqalar haqida muhim tarixiy ma’lumotlar yozib qoldirgan. Ad.: Puteshestvie Djenkinsona v Xivu i Buxaru. Puteshestvie v Srednyuyu Aziyu 1558— 1559 gg. [V kn.: Angliy- skie puteshestvenniki v moskovskom gosudarstve v XVI v., perevod s Angliyskogo Yu.V. Gote], L., 1937; Axmedov B. A., Istoriko geograficheskaya literature Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismen- Nie pamyatniki, T., 1985. Naim Norqulov.