Jirm, jurm
Jirm, jurm — Badaxshontdagi o’rta asr shaharlaridan biri. Fayzobod (Afg’oniston)dan 30 kilometr Janubiy-Sharqda joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, qadimda Jirm Golan deb atalib, Badaxshondagi qal’alar ichida eng yirigi bo’lgan. Tarixiy manbalar («Shohnoma») da ilk bor 5-6-asrlarga oid voqealar munosabati bilan qayd etilgan. 9-asrda Jirm Balx viloyatining Tibetga boradigan Sharqdagi eng chekka shaqri hisoblanib, uning jome masjidi bo’lgan. Arab geografi yoqut Hamaviyning ta’kidlashicha, Jirm Badaxshonning bosh shahri bo’lgan. 10-asrda Somoniylar davrida Jirmda zarbxona mavjud bo’lib, unda kumush tangalar zarb qilingan. 20-asr boshida Ko’kcha daryosining har ikki sohilida joylashgan Jirmning katta bozori va bir necha karvonsaroyi bo’lgan. Hozirda Jirm Afg’oniston Badaxshonidagi keng tumanning ma’muriy markazi hisoblanadi. Ad.: Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.