Jem

Jem (inglizcha jam) — shakar qiyomida pishirilgan meva va rezavorlar. Jem qiyomi murabbo qiyomidan quyuqligi bilan ajralib turadi. Jem pishirish uchun tarkibida kislota va jelesimon ko’rinish hosil qilish uchun yetarli pektini bo’lgan mevalar (olma, olxo’ri, behi va boshqalar) ishlatiladi. Boshqa mevalardan foydalanilganda ularga olma, krijovnik kabi pektin moddasiga boy meva va rezavor mevalar sharbati yoki pyuresi qo’shiladi. Rezavor mevalar shakarni shimishi uchun pishirishdan avval eziladi. Jem uchun tayyorlangan mevalar tog’ara yoki qozonga solinib, shakar yoki qiyom qo’shiladi va ko’pigi o’rtaga yig’ilib, mevalar shirani yaxshi shimib, quyuqlashib, tiniq bo’lgunga qadar pishiriladi. 1 kilogramm mevaga 800 gramm shakar solinadi.