Lashkar
Lashkar (forscha) — o’rta asrlarda nomuntazam qo’shin turi; cherik, qo’shin, armiya. Muntazam armiyasi bulmagan xon va podshohlar harbiy yurish oldidangina o’ziga tobe viloyatlarga chopar yuborib, Lashkar to’plagan. Lashkarga chaqirilgan har bir kishi o’z oti, quroli va bir oylik oziq-ovqati bilan kelgan.